09 avg 23:14
Yangiliklar
Taekvondo, Parij-2024
Ozoda Sobirjonova bronza medali uchun jang qiladi!
67 kg vazn toifasidagi taekvondochimiz Ozoda Sobirjonova Parij Olimpiadasi o'tish bosqichida dayanga chiqdi.
U tailandlik Sasikorn Tongchangga qarshi bahs olib bordi va ajoyib tarzda kambek amalga oshirib, 2:1 (2:7, 8:1, 11:0) hisobida g'alaba qozondi.
Bu g'alaba orqali Ozoda bronza medali uchun kurashish imkonini qo'lga kiritdi. Endi Sobirjonova medal yo'lida Belgiya vakili Sara CHari bilan bahs olib boradi. Jang 23:50 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar