So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

25 iyu 00:19
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ozodbek Jahon chempionligi uchun gilamga chiqadi, yana ikki kurashchimizda bronza uchun imkoniyat bor

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilayotgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Bugun jahon chempionatining so'nggi kuni yunon-rum kurashi bahslarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Bugun Olimjon Qurbonov va Baxtiyor Sayfiev murabbiyligidagi 3 nafar klassigimiz jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqadi.

Quvonarlisi, kechagi saralash bellashuvlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Ozodbek Xalimboev final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 45 kg vazn toifasidagi kurashchimiz 1/8 finalda isroillik Amare Feteneni 7-0, 1/4 finalda armanistonlik Levon Martirosyanni 6-0, 1/2 finalda esa gruziyalik Anri Xozrevanidzeni 11-0 hisobida dog'da qoldirdi. Bugun u jahon chempionatining oltin medali uchun ukrainalik Nikita Dementevga qarshi gilamga chiqadi. 

60 kg vazndagi kurashchimiz Azizbek Yo'ldoshev bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida rossiyalik Abdulla Salimov, 92 kg vazn toifasidagi Javlon Tirkashev esa Vishal Vishal (Hindiston) - Aktan Sazikbaev (Qirg'iziston) bahsi g'olibi bilan uchrashadi. Tirkashev bo'lajak raqibini mag'lub eta olsa, bronza medali uchun rossiyalik Timur CHernishevga qarshi bahs olib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing