02 avg 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao nima sababdan Konorga qarshi jangdan voz kechganini aytdi
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao nima sababdan sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregorga qarshi jang qilishni istamaganini tushuntirdi.
"Ortiqcha pul xalaqit bermaydi, biroq mening asosiy maqsadim muxlislarimni xursand qilish. Men bokschi bo'lmagan jangchilarga qarshi ringga ko'tarilmayman. Menga yo'nalishimdagi eng zo'rlari kerak. Ularga eng zo'ri ekanligimni isbotlashim uchun", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Menni Pakyao navbatdagi jangini 21 avgust kuni jahon chempioni Eroll Spensga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar