30 jan 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao WBA Super kamaridan mahrum qilindi
Jahon boks associaciyasi (WBA) rahbariyati superyulduz Menni Pakyaoni WBA Super kamaridan mahrum qilish haqida qaror chiqardi.
42 yoshli filippinlik bokschi "istefodagi chempion" unvoniga ega bo'ldi. Bu degani Menni Pakyao ringga qaytishni xohlasa, birinchi jangning o'zida to'laqonli chempionlik kamari uchun ringga tushish huquqiga ega bo'ladi.
WBA rahbariyati bu qarorga kelishiga bokschining uzoq vaqt ringga chiqmagani va majburiy himoya jangini o'tkazmagani sabab bo'lgan. Pakyao so'nggi marta 2019 yil Kit Turmanga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar