So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

03 apr 11:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Pakyaoning jamoasi Meyvezerni shartnomani buzganlikda aybladi

Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi uzoq kutilgan revansh jangi shu yilning sentyabr oyida bo'lib o'tishi mumkin.

Jang bekor qilinishiga o'tgan dam olish kunlari Las-Vegasda muxlislar bilan uchrashuvda ushbu qarama-qarshilik professional emas, balki ko'rgazmalik jangn maqomiga ega bo'lishini malum qilgan amerikalikning bayonoti sabab bo'ldi. SHu bilan birga, Filippin tomoni shartnoma professional jang uchun imzolanganini davo qilmoqda.

"Ayni paytda jang hali ham o'z kuchida. Hech qanday kelishuvni bekor qilish yo'q. Floyd professional jang uchun shartnoma imzoladi. Meyvezer rasman shartnoma shartlarini buzmoqda. So'nggi uch oy ichida hech kim jang qaerda o'tkazilishi yoki professional jang bo'lmasligi haqida gapirmadi. Uning jamoasida barcha shartnomalar bor edi. U barcha hujjatlarni imzoladi. Bizda hujjatlarni elektron imzolash xizmati orqali tasdiqlar, shuningdek, asl imzolar bor - barchasi qayd etilgan", - dedi "Manny Pacquiao Promotions" bosh direktori Jas Maur ESPN’ga bergan intervyusida. 

Pakyao vakili Meyvezerning bayonoti o'zining mag'lubiyat va durangsiz rekordini saqlab qolish istagi bilan bog'liq bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.

"Agar u Mennidan qo'rqsa va professional jangda o'z rekordini xavf ostiga qo'yishni istamasa, u bu kelishuvlarni umuman imzolamasligi kerak edi. Buni to'g'ridan-to'g'ri aytsin, chunki Menni qo'rqmaydi. Biz tarixiy voqeani amalga oshirmoqchi edik, u esa endi so'nggi lahzada shartlarni o'zgartirishga harakat qilmoqda. Bu uning qo'lidan kelmaydi deb o'ylayapti. Yo'q, bo'lmaydi. Ha, bunday bo'lmaydi", - deya qo'shimcha qildi Matur.

Bundan tashqari, Maturning takidlashicha, amerikalik nafaqat professional jangga shartnoma imzolagan, balki buning uchun oldindan to'lovni ham olgan.

"Floyd turli tomonlar bilan har xil sanalarga mo'ljallangan uchta alohida shartnomani imzoladi. U ularning har biri uchun pul oldi, shuningdek, Pakyao bilan jang uchun avans oldi", - deya xulosa qildi Matur.

SHu yilning fevral oyida Netflix striming platformasi Meyvezer va Pakyao 19 sentyabr kuni Las-Vegasdagi "Sfera" arenasida bo'lib o'tadigan boks oqshomida revansh jangini o'tkazishini rasman elon qildi.

Ularning birinchi jangi 2015 yilda bo'lib o'tgan va hakamlarning yakdil qarori ila amerikalikning g'alabasi bilan yakunlangandi. O'sha jang 4,6 million pullik translyaciyalarni sotish orqali mutlaq moliyaviy rekord o'rnatgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing