28 avg 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyaoning murabbiyi Konorni ahmoq deb atadi
Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Menni Pakyaoning murabbiyi Jastin Forchun Konor Makgregorga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
“Konorni boy qilishimizdan bizga nima foyda? Unga qarshi jang Mennining kelajagi uchun hech narsa bermaydi. Nima uchun bitta ahmoq uchun Pakyao kelajagini o'rtaga qo'yishi kerak?
Menni Konorni uch raund ichida yakson qilib tashlaydi, uning uchun biz juda tezkor va kuchlimiz. Menni Pakyao faoliyatini yakunlaganida, uni boks afsonasi sifatida eslashadi. Konor esa boks tushishni bilmaydigan bitta MMA jangchisi”, - deya keskin fikr bildirgan Jastin.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar