So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

01 may 13:43
Yangiliklar

Dzyudo

"Pantera Sport" nomiga munosib bo'lishga intilmoqda

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan dzyudo to'garaklari haqida malumot berishda davom etamiz.

Bugun biz poytaxtimizdagi "Pantera Sport" ("Pantera Sport") klubi haqida hikoya qilamiz. Ushbu dzyudo to'garagiga 2013 yilda Komil Tojiev tomonidan asos solingan. Klub tarbiyalanuvchilari o'tgan davr mobaynida yurtimiz hamda xorijda o'tgan musobaqalarda g'olib va sovrindorlar safidan joy olishga muvaffaq bo'lgan. Biz ayni mavzuda klubi murabbiyi Bobur Rizaevdan intervyu oldik.   

- Bobur, suhbatimiz avvalida "Pantera Sport" klubining tashkil etilishi haqida malumot bersangiz. 

- Klubimiz 2013 yilda Komil aka Tojiev tomonidan tashkil etilgan. Hozirda ular klub direktori hisoblanadilar. Asosan mahalliy yoshlarni dzyudo sport turiga qiziqtirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish asosiy maqsadimiz bo'lgan. Endilikda ommaviylikdan natija uchun harakat qilyapmiz.  

- Klub ochilganiga etti yil bo'libdi. O'tgan vaqt davomida qanday natijalarga erishdinglar?

- Ustozimiz Komil Tojiev va katta murabbiyimiz SHuhrat Abdurasulov ungacha ham dzyudoda ishlashgan. Ular Markaziy Harbiy Sport Klubida Osiyo chempioni va sovrindorlari, Respublika miqyosidagi musobaqalar g'olib hamda sovrindorlarini etishtirib chiqarishgan. Bu borada katta tajribalari bor. Keyin birgalikda "Pantera Sport" klubiga asos solishdi. Men esa 2015 yildan to shu kungacha ushbu klubda murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelyapman. 

- O'zingizning sportchilik faoliyatingiz qanday bo'lgan? SHogirdlaringizning natijalari ko'ngildagidekmi?

 - Yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lganman. Rossiya, Qozog'iston, Indoneziya davlatlarida bo'lib o'tgan xalqaro musobaqalarda shoxsupaga ko'tarilganman. 2017 yilda sportchilik faoliyatim yakunlangan. O'sha yili Indoneziyaning Bali orolida o'tgan Bali Open xalqaro turnirida shogirdlarim qatorida ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritgan edim. O'sha turnirda bolalar o'rtasida shogirdlarimdan -36 kg vazn toifasida Yusufjonov Usmonjon ham chempion bo'lgan. SHuningdek, 2018 va 2019 yillarda Indoneziyaning Penang va Jakarta shahralarida o'tkazilgan xalqaro musobaqalarda 7 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdik. SHu yil fevral oyida Samarqand shahri mezbonlik qilgan xalqaro musobaqada 3 ta bronza medaliga ega bo'ldik. Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida o'tgan Jangarach-Viy Open turnirida esa shogirdimiz Husanboev Abdulloh chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Bundan tashqari, klubimiz azolari o'smirlar hamda yoshlar o'rtasidagi Respublika turnirlarida g'olib va sovrindor bo'lib kelishyapti. 

- Bugungi kunda necha nafar bola shug'ullanyapti?

- Klubimizda 100 nafardan ziyod bolalar dzyudo sir-asrorlarini o'rganishyapti. Ular orasida qizlarimiz ham bor. Yaqin kunlarda shahrimizning boshqa tumanlarida ham klubimiz filiallarini ochish rejalashtirilgan. Fursatdan foydalanib, nafaqat dzyudo, balki boshqa sport turlariga ham etibor qaratayotgan, sharoitlar yaratib berayotgan davlatimizga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va dzyudo federaciyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing