27 may 11:35
Yangiliklar
Para dzyudochilarimiz 38 davlat qatnashgan Gran-Prida umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashdi + JADVAL
Musobaqaning dastlabki kunida 5 ta medalga sazovor bo'lgan para dzyudochilarimiz ikkinchi kungi bellashuvlarda 4 ta medal qo'lga kiritishdi. Jumladan, erkaklar o'rtasida -81 kg vazn toifasida Davurxon Karomatov va +100 kg vaznda SHirin SHaripov oltin, -100 kg vaznda Sulaymon Alaev hamda SHarif Xalilov bronza medaliga ega chiqdi.
Gran-Pri yakunlariga ko'ra, O'zbekiston para dzyudo terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan 38 mamlakat orasida umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi.
Malumot uchun, ilk kungi bahslarda ayollar o'rtasida Lobar Xurramova (-48 kg), Sevinch Salaeva (-52 kg), Parvina Samandarova (-57 kg), erkaklar o'rtasida SHerzod Namozov (-60 kg), O'tkir Nig'matov (-66 kg) kumush, Uchqun Quranbaev (-66 kg) bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar