17 iyu 17:39
Yangiliklar
Paralimpiya
Para engil atletikachilarimiz Tunis Gran-prisidagi ishtirokini boshlashdi
Kecha Tunis shahrida para engil atletika bo'yicha navbatdagi Gran-pri turniri start oldi.
Dunyoning 58 ta mamlakatidan 500 nafarga yaqin atletlar ishtirok etayotgan mazkur musobaqada terma jamoamiz azolari ham medallar uchun bahslarga kirishgan. Musobaqaning dastlabki kunida vakillarimiz turli klasslardagi nayza uloqtirish, disk uloqtirish va 100 m masofaga yugurish bahslarida g'olib-sovrindorlar qatoridan o'rin olishdi.
Oltin:
Yorqinbek Odilov (F57 klassi, nayza uloqtirish: 48,98 m)
Bahodir Davlatov (T12 klassi, 100 m: 0:11.33)
Farog'at Muhammadqulova (F40 klassi, disk uloqtirish: 22,97 m).
Kumush:
Talant Qurbonov (F57 klassi, nayza uloqtirish: 46,75 m)
Sodiqjon Mamadiev (T37 klassi, 100 m: 0:12.94).
Bronza:
Muhabbat Mashrapova (F54 klassi, disk uloqtirish: 13.08 m).
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar