16 noy 18:00
Yangiliklar
Paralimpiya
Para pauerliftingchilarimiz Islom birdamligi o'yinlarida ishtirok etadi
O'zbekiston para pauerlifting milliy terma jamoasi Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni) mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlarida qatnashadi.
O'yinlar doirasidagi para pauerlifting bellashuvlari 21 noyabr kuni tashkil etiladi. Musobaqada 3 nafar hamyurtimiz g'oliblik uchun bahs olib boradi.
Tarkibimiz quyidagicha:
Aqidaxon Axtamova (ayollar o'rtasida engil vazn toifasida)
Qudratoy Toshpo'latova (ayollar o'rtasida og'ir vazn toifasida)
Bekzod Jamilov (erkaklar o'rtasidagi og'ir vazn toifasida).

Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar