20 okt 07:32
Yangiliklar

Para pauerliftingchilarimiz Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etishdi
Unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz musobaqaning so'nggi kunida yana 2 ta medalga ega chiqishdi. Jamoaviy bellashuvlar tashkil etilgan oxirgi kun davomida vakillarimiz ayollar o'rtasidagi bahslarda hamda aralash jamoaviy dasturda kumush medallarni qo'lga kiritishdi.
SHu tariqa, terma jamoamiz Jahon chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Quvonarlisi, ilk bor o'zbekistonlik ayol sportchi para pauerlifting bo'yicha dunyo birinchiligida tengsiz bo'ldi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin:
Muslima Nuriddinova (61 kg).
Kumush:
2 ta: Bekzod Jamilov (80 kg)
Qudratoy Toshpo'latova (67 kg)
Ayollar o'rtasida jamoaviy dasturda (Aqidaxon Axtamova, Nasiba Toshpo'latova, Ruxshona O'ktamova)
Aralash jamoaviy dasturda (Bekzod Jamilov, Muslima Nuriddinova, Xusniddin Usmonov).
Bronza:
2 ta: Nasiba Toshpo'latova (45 kg)
Ruxshona O'ktamova (67 kg).
Fikrlar