So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

05 sen 20:41
Yangiliklar

Taekvondo

Para taekvondo bo'yicha onlayn Respublika musobaqasi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi avgust-sentyabr oylarida vatanimiz Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan Respublika musobaqalarini onlayn tarzda o'tkazib kelmoqda.

Ana shunday musobaqalaridan biri bugun Para taekvondo bo'yicha bo'lib o'tdi. Unda Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Buxoro, Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridan jami 14 nafar sportchi ishtirok etdi. Erkaklar o'rtasida 10 nafar, ayollar o'rtasida esa 4 nafar para taekvondochi g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Dastavval O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov musobaqa tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligini bildirib, sportchilarga omad tiladi.

Bundan tashqari O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov ham musobaqa haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. SHundan so'ng bahslarga start berildi.

Qiziqarli kechgan bellashuvlarda erkaklar o'rtasida Asad Toshtemirov birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, kuchli uchlikdan Zuxriddin Toxirov va Sanjar Muxtorov joy oldi. Ayollar o'rtasida esa 1-o'rin Ziyoda Isoqovaga nasib etdi. Finalda mag'lub bo'lgan Dilbar Madieva esa 2-o'rinni egalladi. 3-o'rinni Zarnigor Turdieva qo'lga kiritdi va musobaqa sovrindoriga aylandi.

Musobaqa yakunida so'z olgan bugungi bellashuvlar g'olibi, Osiyo va Jahon chempionatlari sovrindori Ziyoda Isoqova sportchilarga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun avvalambor Muhtaram Prezidentimizga, qolaversa O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga va O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasiga o'z minnatdorchiligini bildirib, kelajakda ushbu g'amxo'rlik va etiborga munosib javob qaytarishga vada berdi.

O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing