18 may 16:44
Yangiliklar

Para velosport: Tarixda ilk bor jahon kubogining guruh poygasida birinchi bo'ldik!
Quvonarlisi, mazkur musobaqada 2 nafar vakilimiz shohsupaga ko'tarildi. Jumladan, erkaklar o'rtasida T1 klassida yurtimiz sharafini himoya qilgan Aziz Ataxo'jaev 40 km masofaga o'tkazilgan guruh poygalarida oltin, 16 km masofaga o'tkazilgan vaqt poygalarida esa kumush medalni qo'lga kiritdi.
Etiborlisi, O'zbekiston terma jamoasi azosi tarixda ilk bor jahon kubogida guruh poygasida 1-o'rinni egalladi. Vakilimiz bu borada mezbon Italiya va Janubiy Koreya terma jamoasi azolarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Bundan tashqari, ayollar o'rtasida T1 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Marjona Pardaboeva 30 km masofaga o'tkazilgan guruh poygasida hamda 16 km masofaga o'tkazilgan vaqt poygasida kuchli uchlikdan joy olib, delegaciyamiz hisobiga 2 ta bronza medalni qo'shib qo'ydi.
Fikrlar