23 fev 13:09
Yangiliklar
Dzyudo
Paradzyudochilarimiz Jahon kubogining ilk kunida 4 ta medal qo'lga kiritishdi
Paradzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida bo'lib o'tayotgan Jahon kubogida ishtirok etmoqda.
O'zbekiston paralimpiya associaciyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning ilk kuni paradzyudochilarimiz 4 ta medal qo'lga kiritishdi. -66 kg vazndagi polvonimiz Uchqun Quranboev barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalga ega chiqdi. -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan SHerzod Namozov kumush, -66 kg vaznli paradzyudochimiz O'tkir Nig'matov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Terma jamoamizga kechagi kun hisobidan so'nggi medalni Feruz Saidov taqdim etdi. -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Saidov Jahon kubogining bronza medali bilan taqdirlandi.
Havola :
Fikrlar