09 sen 15:53
Yangiliklar
Paradzyudochilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatini yuqori notada yakunlashdi
Musobaqaning so'nggi kun bahslarida jamoaviy yo'nalishda g'olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.
Ushbu kun dasturida qatnashgan terma jamoalarimiz finalgacha etib borib, yakunda kumush medal bilan taqdirlandilar. Yigitlarimiz hal qiluvchi bahsda mezbon jamoaga 2:3, qizlarimiz esa xitoylik paradzyudochilarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Etiborlisi, -52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Sevinch Salaeva musobaqada “G'alaba uchun iroda” nominaciyasining g'olibi sifatida taqdirlandi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz yakkalik bellashuvlari yakuni bo'yicha 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg'argan edilar. So'nggi kundagi ikki kumush medali bilan hisoblaganda delegaciyamiz musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunladi.
Fikrlar