So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

08 sen 11:07
Yangiliklar

Dzyudo

Paradzyudochilarimizning Kozog'istondagi muvaffaqiyatli yurishi davom etadi

O'zbekistonlik sportchilarning paradzyudo bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionatidagi muvaffaqiyatli yurushi davom etmoqda.

Qozog'istonning Atirau shahri mezbonlik qilayotgan ushbu turnirning ikkinchi kunida hamyurtlarimiz jami 6 ta medalni qo'lga kiritishdi.

Davurxon Karomatov (-81 kg), SHarif Halilov (-100 kg) hamda SHirin SHaripov (+100 kg) barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda, oltin medallarga sazovor bo'lishdi. -90 kg vazn toifasida finalgacha etib borgan SHuhrat Boboev, hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Ayollar o'rtasidagi bahslarda Vasila Aliboeva (-70 kg) o'z vazn toifasida tengsiz ekanini isbotladi va oltin medalga ega chiqdi. Yana bir paradzyudochimiz Nafisa SHeripbaeva (-63 kg) esa musobaqaning kumush medali sohibasiga aylandi.

Hozircha terma jamoamiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda, umum jamoa hisobida peshqadamlik qilmoqda.

Musobaqaning so'nggi kun bellashuvlari bo'lib o'tadi. Unda sportchilarimiz jamoaviy bahslarda ishtirok etishadi. Terma jamoamiz vakillarining dastlabki raqiblari janubiy koreyalik paradzyudochilar bo'lishadi.

Erkaklar:

-81 kg: Davurxon Karomatov – oltin medal

-100 kg: SHarif Halilov – oltin medal

+100 kg: SHirin SHaripov – oltin medal

-90 kg: SHuhrat Boboev – kumush medal

 

Ayollar:

-70 kg: Vasila Aliboeva – oltin medal

-63 kg: Nafisa SHeripbaeva – kumush medal

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing