06 avg 14:48
Yangiliklar
Sport kurashlari, Parij-2024
Parij-2024. Aktenge Keunimjaeva ilk bosqichda mag'lub bo'ldi
Parij Olimpiadasida ayollar kurashi bahslari davom etmoqda.
Musobaqada -50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aktenge Keunimjaeva ilk bosqichda ukrainalik Oksana Livachga qarshi bahs olib bordi va 0:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi agar ukrainalik kurashchi qiz finalgacha etib borsa, Aktengeda medal uchun imkoniyat bo'ladi. Aks holda Keunimjaeva uchun Olimpiada o'z yakuniga etadi.
Qayd etish lozimki, O'zbekiston ilk bor ayollar kurashi bahslarida Olimpiadada ishtirok etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar