11 iyu 13:05
Yangiliklar
Parij-2024 arenalari: Sena ustidagi “Aleksandr III” ko'prigi
Albatta, bu qanday ko'prik ekaniga ham bog'liq. Bugun diqqatimiz markazida “Aleksandr III” ko'prigi bo'ladi.
Qurilishi 1896 yil boshlangan ko'prik 1900 yil Parijda o'tgan Butunjahon ko'rgazmasiga bitkazilgan. Francuz-rus ittifoqchiligining ramzi sifatida Butunrossiya imperatori Aleksandr III sharafiga nomlangan. Kengligi 45 metr, uzunligi 107 metrga teng. To'rt tarafida bronzadan yasalgan ustunlar mavjud. O'ziga xos bezagi va dizayni evaziga boshqa obektlardan ajralib turadi va yiliga millionlab turistlar bu erga tashrif buyuradi.
Ko'prikda O'yinlar mobaynida 1 000 kishiga mo'ljallangan ko'chma tribuna o'rnatiladi. Unda ochiq havzada suzish va triatlon bahslari, shuningdek, hamyurtimiz Olga Zabelinskaya ishtirok etadigan veloshosse bo'yicha individual vaqt poygasi dasturining finish nuqtasi belgilangan. Olimpiya shaharchasidan 6 km uzoqlikda joylashgan.
Fikrlar