27 iyu 13:33
Yangiliklar
Dzyudo, Parij-2024
Parij-2024. Doston Ro'zievda mag'lubiyat, Halimajon Qurbonova g'alaba bilan boshladi
Parij Olimpiadasida dzyudo bellashuvlari start oldi.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida terma jamoamizning ikki nafar azosi — Doston Ro'ziev (60 kg) hamda Halimajon Qurbonova (48 kg) bahslarga kirishdi.
Ro'ziev birinchi bosqichda Ukraina sharafini himoya qilayotgan asli o'zbekistonlik Dilshod Xolmatovga qarshi bahs olib bordi va afsuski Golden Score'da imkoniyatni boy berdi.
Halimajon Qurbonova esa birinchi bellashuvda ozarbayjonlik raqibasidan ustun keldi. Endi u 1/16 finalda shveciyalik raqibasiga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar