25 mar 09:21
Yangiliklar
Gimnastika

Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi Rasuljon Abdurahimov yangi mavsumdagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi
Bu haqda O'zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiyaning Antaliya shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bahslari bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Rasuljon Abdurahimov kumush medalga sazovor bo'ldi. Abdurahimov ushbu muvaffaqiyatga o'zining sevimli parallel brusdagi mashq dasturida erishdi.
Parallel brus:
1. Ferxat Arijan (Turkiya) – 14.466
2. Rasuljon Abdurahimov (O'zbekiston) – 14.200
3. Yusuke Tanaka (Yaponiya) – 13.600.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar