10 iyu 12:17
Yangiliklar
Engil atletika
Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti Anvar Anvarov yana shohsupada
Vengriyaning Budapesht shahrida engil atletika bo'yicha “Gyulai István Memorial” xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi.
Butunjahon engil atletika federaciyasining oltin darajasiga kiruvchi mazkur turnirida O'zbekiston terma jamoasi azosi Anvar Anvarov ham ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz kuchli raqobat ostida kechgan bahslarda 8.02 metr natija ko'rsatdi. Oltin medal Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari chempioni greciyalik Miltiadis Tentogluga nasib etgan bo'lsa, italiyalik Mattia Furlani kumush medalga egalik qildi.
Kuchli uchlik
1. Miltiadis Tentoglu (Greciya) – 8.23 metr
2. Mattia Furlani (Italiya) – 8.08
3. Anvar Anvarov (O'zbekiston) – 8.02
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar