11 noy 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori prof boksga o'tdi
Parijda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlarining yarimog'ir vazn toifasida bronza medali sovrindori Kristian Xaver Pinales endi prof boksda jang qiladi.
Dominikalik 24 yoshli bokschi Amerikaning Split-T Management promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani va professional boksdagi debyut jangini 2025 yil boshida o'tkazishini malum qildi.
"Men Devid Makuoter [Split-T bosh direktori] va Trifon Petrov bilan shartnoma imzolaganimdan juda mamnunman. Ular ko'plab jahon chempionlari, kamar uchun davogarlar va boks olamidagi ajoyib aloqalarga ega. Ular bilan ishlash faoliyatimga katta turtki bo'ladi", dedi Pinales.
Eslatib o'tamiz, Pinales bronza medalini qo'lga kiritgan 80 kg vazn toifasidagi Parij Olimpiadasi bellashuvlarida O'zbekiston sharafini To'rabek Habibullaev himoya qilgan edi.
Havola :
Fikrlar