26 iyu 14:39
Yangiliklar
Futbol
Parij meri PSJni tankid qildi
Parij meri Ann Idalgo PSJning Kilian Mbappega qarshi qilayotgan ishlari sababli tanqid qildi.
Klub futbolchisini Yaponiya turnesiga olib ketmadi. O'z navbatida forvard ham 2024 yilda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishni istamayapti. "Al Hilol" futbolchining transferi uchun 300 mln evro to'lashga tayyorligini bildirgan. Biroq u Saudiya Arabistoniga o'tishni istamagan.
"PSJning bu o'yinlarini tushunmayapman. Ular nimaga bunday qilayotganlarini tushunmayapman. Mbappe dunyoning eng zo'r futbolchisi. Uni Parijda olib qolish kerak. O'z navbatida Kilian ham jamoada qolishni o'ylashi kerak", - dedi Idalgo.
Havola :
Manba : L’Equipe
Fikrlar