18 may 19:09
Yangiliklar
Parijda o'tgan Bellator turnirining markaziy jangi g'olibini hakamlar aniqlab berishdi
Bellator Championship Series 2 oqshomining markaziy jangi eng engil vazn toifasida Bellator chempioni, amerikalik Patrik Miks rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Magomed Magomedovga qarshi oktagonga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Patrik Miks hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozonib, chempionlik kamarini o'zida olib qoldi. Miks ikkinchi o'zaro jangda ham Magomedovni taslim eta oldi.
Malumot uchun, 30 yoshli Patrik Miks 28 g'alaba va 1 mag'lubiyatga ega. U hozir 7 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Bellator promoushenida 2019 yildan beri o'z janglarini o'tkazyapti. 32 yoshli Magomed Magomedov esa 20 g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan. Magomed oxirgi 3 ta jangining 2 tasida zafar quchgan. 2020 yilda Bellator`ga kelgan Magomedov ungacha ASV va M-1 Global ligalarida jang qilgan.
Fikrlar