31 jan 10:22
Yangiliklar

Parijdagi Bellator turnirining markaziy jangi malum
Og'ir vazn toifasida amaldagi chempion Rayan Beyder franciyalik davogar CHeyk Kongoga qarshi oktagonga ko'tariladigan bo'ldi. Amerikalik chempion kecha tongda AQSHning Finiks shahrida o'tkazilgan Bellator 273 turnirining markaziy jangida rossiyalik vaqtinchalik kamar sohibi Valentin Moldavskini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi.
Endi Beyder Bellator chempionlik kamarini 6 may kuni Parij shahrida o'tkaziladigan turnirda mezbonlar vakili CHeyk Kongodan himoya qiladi. Ushbu chempionlik jangi rasman tasdiqlandi. Bu revansh jangi maqomida bo'ladi.
Ilk jang 2019 yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgandi. O'shanda CHeyk Kongo Rayan Beyderdan chempionlik kamarini tortib olishga urinib ko'rgandi. Lekin birinchi raudning o'zida ko'zidan jarohat olib, jangni davom ettira olmagan edi. Tashkilotchilar esa jangni o'tkazilmagan deb topishgandi.
Fikrlar