19 mar 18:18
Yangiliklar
Karate
Parijdagi kvalifikacion turnir qoldirildi
May oyida Parij shahrida karate bo'yicha Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa o'tkazilishi lozim edi.
Butunjahon Karate Federaciyasining rasmiy malumotiga ko'ra, 2020 yil 8-10 may kunlari Parij shahri (Franciya)da o'tkazilishi rejalashtirilgan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beradigan kvalifikacion turnir joriy yilning 26-28 iyuniga qadar qoldirildi.
Takidlash lozimki, musobaqani o'tkazish tartibi va shartlari oldindan belgilab qo'yilganidek o'zgarishsiz bo'lib qoladi. Ahamiyatli jihati shundaki, musobaqa Tashkiliy qo'mitasi orqali hozirgi kunga qadar qilingan mehmonxonalar bronlari yangi muddatlarga o'zgarishsiz ko'chiriladi.
SHuningdek, musobaqa boshlanishidan bir oy oldin o'tkazish kunlariga aniqlik kiritilib tasdiqlanadi.
O'KMF matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar