01 apr 07:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Parkerni mag'lub etgan Joshua chempionlik kamarlarini birlashtirdi
Uels poytaxti Kardiff shahridagi muhtasham “Millenium” stadionida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Unda superog'ir vazn toifasidagi ikki jahon chempionlari o'zaro birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilishdi. Britaniyalik Entoni Joshua (21-0, 20 KO) WBA Super, IBO va IBF, Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker (24-1, 18 KO) esa WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgandi.
O'n ikki raund davom etgan jangdagi g'alabadan so'ng Joshua chempionlik kamarlari sonini ko'paytirib oldi. G'olib nomini hakamlarning bergan bahosi aniqlab berdi. Uchchala hakam ham 118:110, 118:110, 119:109 hisobida g'alabani Entoni Joshuaga taqdim etishdi.
Havola :
Fikrlar