09 iyu 20:13
Yangiliklar

Paulo Kosta Kannone bilan jangdan bosh tortdi. Uning o'rnini kim egallashi aniq
Jang oqshom kardining asosiy to'qnashuvi bo'lishi kerak edi. Bu haqda ESPN jurnalisti Bret Okamoto o'z manbalariga asoslanib Twitter'da xabar berdi. Rad etish sababi haqida xabar berilmagan.
Malum bo'lishicha, endi oqshomning asosiy jangida amerikalik Kalvin Gastelum Kostaning o'rnini egallaydi.
Kosta 2020 yil sentyabr oyida Israel Adesanyaga yutqazganidan beri jang o'tkazmadi. Braziliyalik sportchi Robert Uittaker bilan aprel oyida uchrashishi kerak edi, ammo tibbiy muammolar tufayli uni rad etishga majbur bo'ldi. Kannone esa oktyabr oyida Uittakerga yutqazib qo'yib uchta jangdagi g'alabali seriyasiga chek qo'ygandi.
Gastelum so'nggi jangini aprel oyida o'tkazib, hakamlarning yakdil qaror bilan Robert Uittakerga yutqazgan edi.
Fikrlar