09 dek 14:44
Yangiliklar
Paulo Kosta UFC "qafasi"ni tark etishga tayyor
Bu haqda braziliyalik jangchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdi.
"UFC bilan shartnoma bo'yicha bitta jang o'tkazishim kerak. SHu bilan promoushen bilan kelishuvim yakuniga etadi. Menga 6 ta jangdan iborat yangi shartnoma taklif qilishdi. Men rozi bo'lmadim. Uzoq muddatli kelishuvlar meni qiziqtirmaydi. Yashirmayman, tezroq erkin agent bo'lishimni kutyapman. Men yuqori darajadagi jangchiman. Lekin shunga yarasha haq olmayapman. Marvin Vettori bilan o'tkazgan jangim uchun 35 ming dollar gonorar oldim. Kamiga 20 foiz jarimaga ushlab qolishdi. Hozirgi shartnoma bandlari meni qoniqtirmaydi", - dedi Kosta.
Eslatib o'tamiz, Robert Uittaker - Paulo Kosta jangi 12 fevral kuni Avstraliyaning Pert shahrida tashkil etiladigan UFC 284 turniri doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar