22 apr 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Pavlovich: "Bleydsga qarshi jangim birinchi raundda yakunlanadi deb o'ylamayman"
Rossiyalik UFC jangchisi Sergey Pavlovich Kyortis Bleydsga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.
"Sabr asosiy faktor hisoblanadi. Kelajakni oldindan ayta olmayman, ammo bahs birinchi raundda tugaydi deb o'ylamayman.
Unda kamar uchun kurashish imkoniyati bor. Bazilar meni kurasha olmaydi deyishadi. Men "stoyka"da shunchaki turishdan ko'ra ko'p ish qila olaman. Bu MMA. Men raqibimni o'rganib chiqdim va u taklif qiladigan barcha narsaga tayyorman", - dedi Pavlovich.
Havola :
Manba : UFC Russia
Fikrlar