So’nggi yangiliklar

07:01Жавоҳир Синдаров сардорлигидаги жамоа шоҳсупада, Магнус чемпион бўла олмади! (+ФОТО) 0 19:58Тренд: Ўзбек дзюдочилари ўтган асрнинг 80-йилларида қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 19:27ЎФА терма жамоалар бўлимига очиқ савол: 2 та ўйин кам эмасми ёки яна "оқлар-кўклар"га қайтамизми? 0 18:56Хамзат Чимаев Пётр Ян билан келишмовчилиги бор-йўқлигига қатъий жавоб берди 0 18:25Махачев ММАдан кетганидан кейин ўз вазнида ким UFC чемпиони бўлишини айтди 0 17:54Challenge Samarkand-2026. Маҳоратли триатлончилар Самарқандда беллашмоқда 0 17:23Ёзда деярли 400 млн евродан воз кечган "Тоттенхэм" навбатдаги антирекордни янгилади 0 16:52Том Аспиналл UFC чемпионлик камаридан воз кечиши мумкин 0 16:21Хамзат Чимаев UFC`даги режалари ҳақида гапирди: жанг ёки операция 0 15:50Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди (32 та сурат) 0 15:19"Барселона" Жерар Мартин бўйича қарор қабул қилди 0 14:48Дэвид Бенавидес: "Биринчи оғир вазнда битта йиртқич бор ва у — мен!" 0 14:17Фрэнсис Нганну Дана Уайтга мағлубиятни тан олишни таклиф қилди 0 13:46Шавкат Раҳмоновнинг жамоаси унинг октагонга қайтишининг янги муддатини маълум қилди 0 13:15Sofascore. Беҳруз Каримов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

10 avg 18:09
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor"ning OCHLdagi bosh murabbiyi Emiliano Karas: "Paxtakor" ertaga g'alaba olib keladigan o'yin namoyish etadi"

Teglar :  PaxtakorAl Husayn
Elit OCHL saralash bosqichidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hussayn" uchrashuvidan oldin "Paxtakor" murabbiyi Emiliano Karas va futbolchi Bashar Resan o'yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Bir necha oy oldin Iordaniya futboli haqida hech narsa bilmas edim. Iordaniya terma jamoasining darajasi ancha yuqori ekan. Jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi. Adashmasam, "Al Hussayn"ning 7 nafar yoki undan ko'proq futbolchisi mundialda ishtirok etdi. Iordaniya mundialdagi har bir o'yinda gol urdi. SHuningdek, "Al Hussayn"ning Kubok va CHempionatdagi natijalarini kuzatib bordim. Jamoa tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Vaziyatdan foydalanib, muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim", - deya gap boshladi "Paxtakor" murabbiyi Emiliano Karas. 


"Ertaga oson o'yin bo'lmaydi. "Al Hussayn"ning ko'plab futbolchilari Jahon chempionatida o'ynadi. Biz to'rt kun oldin "Buxoro"ga qarshi o'ynadik. Ikkita mashg'ulot o'tkazishga ulgurdik, biri tiklanish uchun va ikkinchisi taktik mashg'ulot. Nasib ertaga yaxshi natijaga erisha olamiz. "Al Hussayn" hali yangi mavsumda o'yin o'tkazmadi. SHuning uchun murabbiylar shtabi raqibni o'rganishda biroz qiyinchilikka duch kelgan bo'lishi mumkin", - deya fikr bildirdi Bashar Resan. 


- Ayman Hussayning transferida sizning ishtirokingiz bormi?
Bashar Resan:
- Ayman Osiyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. U mundialda qanday o'ynaganini ko'rdingiz. Mundialga saralashda ko'plab gol urdi va mundialning o'zida ham. U mendan Superliga darajasini va hayot qanday ekanligini so'radi. Men O'zbekistonda mahalliy chempionat kuchliligini aytdim. Hozir bir uch nafar iroqlik bir jamoada o'ynamoqdamiz. Biz "Paxtakor"ga ko'proq yordam berishimiz kerak.

- "Paxtakor" ikkinchi bo'limda jismoniy jihatdan qiynalayotgandek. Ertaga mana shu holat yana takrorlanishidan xavotir olmayapsizmi?
- Biz Superligada ko'p ochko yo'qotdik. "Buxoro"ga qarshi so'nggi o'yinda barchasi yaxshi edi. O'yinni nazorat qilayotgandik. Men buni jismoniy holat bilan bog'lamayman. Menimcha, muammo koncentraciyada bo'ldi. O'zingiz bilasiz, 2:0 hisobi futboldagi eng noqulay hisoblardan biri. Raqibning birinchi golini esa o'zingiz ko'rdingiz. SHundan so'ng ularda ruhiy ustunlik va ishtiyoq paydo bo'ldi. Biz yana shunday vaziyatlar takrorlanmasligi ustida ishlayapmiz.


- Alijonovning holati qanday? U ertangi uchrashuvda maydonga tushadimi?
- U jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi, ammo cheklovlar bilan. Yakkakurashlarda hali ishtirok etmayapti. Uning holati kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Bugun va ertaga o'yingacha uning holatini yaxshilab olishimiz mumkin. Ertaga yakuniy qarorni qabul qilamiz.

- Kuni kecha eronlik futbolchi "Paxtakor"ga keladi degan xabarlar tarqaldi. Ertaga eronlik legioner "Paxtakor" safida debyut qilishi mumkinmi?
- Klub bilan shartnoma imzolanganidan so'ng rasman elon qilamiz.

- Ertaga "Paxtakor" ko'proq hujumkor o'yin namoyish etadimi yoki himoyaviy?
- Aynan qanday o'yin namoyish etishimizni aniq ayta olmayman. Hech qaysi bir jamoa maydonga yutqazamiz deb chiqmaydi, buni bilasiz. Ushbu bosqich bir o'yindan iborat. Bu esa juda muhim omil. Ko'plab hisobga olishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor, ob-havo. Ertaga "Paxtakor" g'alaba olib keladigan o'yin namoyish etadi.

- "Paxtakor" so'nggi o'yinlarda hisobda oldinga chiqib olganidan so'ng xotirjamlikka berilmoqda. Raqib ham bundan aniq xabardor. Ertaga yana shu holat takrorlanmasligi uchun qanday echim o'ylab topdingizlar?
- Raqibimiz o'yindan ancha oldin Toshkentga keldi. So'nggi o'yinimizni stadiondan turib kuzatdi. Ular bizni yaxshi o'rganib chiqishgan. Biz esa o'zimizning ustunliklarimizdan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Masalan, "Al Hussayn" ko'plab yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Yangi nomlar hali jamoaga to'liq qo'shilib ketmagan bo'lishi mumkin. Hisobda oldinda borayotgan jamoa har doim xotirjamlikka beriladi. Bu ruhiyat bilan bog'liq. Faqatgina ruhiyat. Bunday vaziyatda hisobni saqlab qolish emas, uni yanada yiriklashtirish haqida o'ylash kerak. SHuningdek, yaratayotgan vaziyatlarimizdan ham foydalanishimiz kerak. Gol o'tkazib yuborishimiz mumkin, faqat ko'proq gol urishimiz kerak.

- Televizor orqali futbol tomosha qilayotganimizda maydon holati juda yomon. Futbolchi sifatida maydonning hozirgi holatiga baho berib o'tsangiz?
Bashar Resan:
- Aniq sababini bilmayman. To'rt hafta oldin maydon yaxshi holatda edi. Bu yaxshi holat emas. Ertangi o'yinni "Paxtakor" uchun emas, o'zbek futboli uchun tomosha qilishadi. Qolaversa, ochiq futbol o'ynaydigan jamoalar uchun maydon holati yaxshi bo'lishi o'ta muhim. Ertaga bunday kamchiliklarga etibor bermay, faqatgina natija haqida o'ylaymiz. Maydon holati bizga hech qanday muammo tug'dirmaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing