24 jan 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Peddi Pimblett UFC 324 uchun 100 ming dollardan ortiq summaga chipta sotib oldi
UFC jangchisi Peddi Pimblett ertaga Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turniri uchun o'z muxlislari guruhiga 250 ta chipta sotib olganini malum qildi.
"Men 250 ta chipta oldimmi? Ha… Yo'q, bu 100 ming dollar emas, undan ko'proq… 140–150 ming atrofida", — dedi Pimblett UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, u ertaga UFC 324 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun amerikalik Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar