16 fev 09:01
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Pekin-2022. Komiljon To'xtaev slalomdagi chiqishini amalga oshirdi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida 24-Qishki olimpiya o'yinlarining o'n ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina Oq Olimpiadadagi yagona vakilimiz Komiljon To'xtaev slalom bahslaridagi chiqishini amalga oshirdi. U 13 fevral kuni gigant slalomda 29-o'rinni egallab, o'z shaxsiy rekordini ancha yaxshilab olgan edi.
Slalomdagi urinishi esa afsuski omadsiz tugadi. U finishga oz masofa qolganida xatolikka yo'l qo'ydi va natijada diskvalifikaciya oldi. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining 24-Qishki olimpiya o'yinlaridagi ishtiroki yakunlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar