19 fev 08:59
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Pekin-2022. Kunning ilk oltin medali Yangi Zelandiyaga ketadi + FOTO
Xitoyda davom etayotgan 24-Qishki olimpiya o'yinlarining bugun o'n beshinchi kuni.
Kunning dastlabki medallar jamlanmasi erkaklar o'rtasida fristayl musobaqasining xafpayp yo'nalishida o'ynaldi. Unda Yangi Zelandiya vakili Niko Porteus Olimpiada chempioni bo'ldi. Bu Yangi Zelandiyaning ushbu Olimpiadadagi ikkinchi oltin medali edi.
Musobaqaning kumush medali amerikalik Devid Uayzga nasib etgan bo'lsa, uning vatandoshi Aleksu Ferreyra bronza medalini o'ziniki qilib oldi.
Fristayl. Erkaklar. Xafpayp
1. Niko Porteus (Yangi Zelandiya) — 93,00.
2. Devid Uayz (AQSH) — 90,75.
3. Aleks Ferreyra (AQSH) — 86,75.
Havola :
Fikrlar