19 may 11:52
Yangiliklar
Futbol
Pep Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etish haqidagi savolga ohista reakciya bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida klubni tark etish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
— Agar klubni albatta tark etishingizni bilsangiz, qanday xayrlashishni o'ylaganmisiz?
— (uzoq o'ylanib) Keyingi savol!
Men allaqachon bir necha marta aytganman: mening shartnomamda yana bir yil qolgan! — dedi Gvardiola CityXtra ijtimoiy tarmog'iga.
Gvardiola "Manchester Siti" bilan 6 marta Angliya chempioni, 3 marta Angliya Kubogi sohibi, 5 marta Angliya Liga Kubogi va 3 marta Superkubok g'olibi bo'lgan. Xalqaro maydonda CHempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yutib, muvaffaqiyat qozongan. SHuningdek, u "Barselona" va "Bavariya"da ishlagan va ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Havola :
Fikrlar