18 apr 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Pereyra muxlislarini tinchlantirdi: "Tez orada mashina kabi bo'laman"
O'rta va yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleks Pereyra og'ir vazndagi debyutidan ikki oy oldin fotosessiyada namoyish etilgan jismoniy holatidan havotirga tushgan muxlislarini tinchlantirdi.
Hozir rostdan ham vaznim og'irlashib, qornim osilib ketdi, lekin tez orada o'zgarishni ko'rasiz. Men mashinaga o'xshab ko'rinaman. Hozir tanam kuchliroq bo'lib boryapti. Bizda hali 6-7 hafta bor, shuning uchun bu shakl hali boshlanishi va o'z o'rnida aldamchi", - dedi Pereyra o'zining Youtube kanalidagi videoda.
Eslatib o'tamiz, 14 iyun kuni Oq uy yaqinidagi UFC turnirida Aleks Pereyra Siril Gan bilan to'qnashuvda og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. Agar braziliyalik g'alaba qozonsa, u dunyoning eng kuchli ligasi tarixida uchta divizionda chempionlikni qo'lga kiritgan birinchi jangchiga aylanadi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar