20 fev 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Pereyra UFC 300dan so'ng UFC 301 turnirida ham qatnashmoqchi
UFCning yarimog'ir vazn toifasidagi chempioni Aleks Pereyra ketma-ket ikkita raqamli turnirda ishtirok etmoqchi.
U 14 aprel kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC 300 turnirining markaziy to'qnashuvida amerikalik Jamal Xillga qarshi jang qiladi.
"Doim kamarimni muntazam ravishda himoya qilishni istashimni aytganman. Hozir turnirlar ko'p bo'lmoqda va menda UFC 300 va Rioda bo'ladigan UFC 301 turnirida qatnashish imkoniyati bor. Agar Xill bilan jangda jarohat olmasam buning ehtimoli katta bo'ladi. Men oldin kikboksingda ham shunday qilganman", - dedi Pereyra.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar