12 may 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Pereyra UFC 317 turnirida Ankalaev bilan revanshga rozi bo'lmagan ekan
UFC chempioni Magomed Ankalaevning aytishicha, Aleks Pereyra 29 iyun kuni UFC 317 turnirida jang qilishga rozi bo'lmagan.
"Menga Xalqaro janglar haftaligida Aleks bilan jangni taklif qilishdi. Ammo u rozi emas. Agar u buni xohlamasa, men istalgan boshqa raqibga tayyorman", - dedi Ankalaev.
Eslatib o'tamiz, Ankalaev mart oyida o'tkazilgan UFC 313 turnirida Pereyrani ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar