30 avg 10:28
Yangiliklar
Engil atletika
Perudan xushxabar. Finalga yo'l olgan atletlarimiz yana bir nafarga ko'paydi
Engil atletika bo'yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida medallar uchun kurashni davom ettiradigan sportchimiz yana bittaga ko'paydi.
Balandlikka sakrash dasturida ishtirok etayotgan Barnoxon Sayfullaeva saralashda 1.83 metr natija bilan eng kuchli 12 sportchi orasidan joy oldi. Endi u ham SHarifa Davronova kabi 31 avgust kuni final bosqichida medallar uchun kurashadi.
O'nkurash dasturida Nodir Norboev ishtirokini davom ettirmoqda. Hozirda hamyurtimiz 5 dasturdan keyin 3036 ochko bilan 21-o'rinda ketmoqda. Bugun u yana 5 yo'nalishda startga chiqadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar