14 mar 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Petr Yan Dvalashviliga qarshi jangga oz muddat qolganida jarohat olgan ekan
UFC jangchisi Petr Yan Merab Dvalashviliga qarshi jangda jarohat bilan harakat qilgan.
“Men navbatdagi jangimda mag'lub bo'ldim. Tayyorgarlik yaxshi o'tgandi. Biroq bir nechta narsalar mag'lub bo'lishimga sabab bo'ldi. Ulardan biri men AQSHga jarohat bilan etib kelganim. Men Vegasda bir hafta davomida shifokorga qatnadim. Biroq men jangni bekor qila olmasdim. Hammasi yaxshi bo'lishga ishondim. Biroq men oktagonda yaxshi harakatlana olmadim. Nima bo'lgan taqdirda ham men yana kuchli bo'lib qaytishimga ishonaman”,-dedi Yan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar