12 mar 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Petr Yan faoliyatida ilk bor hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazdi
Bugun Las-Vegasda navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu turnirning markaziy jangida rossiyalik Petr Yan va gruziyalik Merab Dvalishvili o'zaro to'qnash keldi.
Jang 5 raund davom etdi va unda Dvalishvili hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozondi.
Bu Petr Yan uchun faoliyatida hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra uchralgan ilk mag'lubiyat bo'ldi.
Rossiyalik sportchi faoliyatida 21 marotaba jang qilgan. Ularning 16 tasida g'alaba qozongan va 5 tasida mag'lub bo'lgan. Bungacha u hakamlar qaroriga ko'ra (bir ovozdan emas) uch marta yutqazgan, yana bir marta esa taqiqlangan zarba sabab imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar