07 may 19:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Petr Yan nima uchun Sterlingga qarshi jangda Rossiya bayrog'i ostida chiqmaganini tushuntirdi
MMA jangchisi Petr Yan UFC turnirlarida davlat bayroqlarini olib chiqish bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
Yan UFC 273 musobaqasida amerikalik Aljemeyn Sterling bilan jangga Rossiya bayrog'isiz oktagonga ko'tarildi.
"Turnir oldidan bayroq bilan chiqish mumkin emas edi. Hech kim buni taqiqlamadi. Bunga muxlislarning bosimi sabab bo'ldi. Ular xalqni g'azablantirmaslik uchun shunday qilishgan. Mening qaerdan ekanligimni hamma biladi. Bayroqlar bilan chiqish taqiqlangan turnirlar oldinlari bo'lgan. SHunday qilishdan boshqa ilojimiz yo'q edi", — dedi Petr Yan.
Eslatib o'tamiz, Yan va Sterling o'rtasidagi revansh UFC 273 turnirida o'tkazildi. Yakunda hakamlar qarori bilan 47-48, 48-47, 47-48 hisobida rossiyalik jangchi mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar