21 apr 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore: "Faoliyatimni sog'lom bo'lib yakunlamoqchiman"
Engil vazn toifasida UFC Interim sobiq chempioni Dastin Pore aralash yakkakurashlar bo'yicha faoliyatini yakunlash qaroridan afsusda emasligini aytdi.
"Endi men o'zimga to'liq ishonaman va qarorimga qo'shilaman. Meni so'nggi jangim kutmoqda. Sportni to'liq sog'lom holda tark etmoqchiman, shunda mutaxassis bo'lib ishlashim, qizim va bo'lajak farzandlarim uchun sog'lom holatda bo'lishim mumkin. Men endigina vaqtim kelganini angladim", deya Dastinning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.
Eslatib o'tamiz, Pore so'nggi jangini 2024 yilning iyul oyida amaldagi chempion Islam Maxachevga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar