10 jan 12:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Pore o'z g'alabasi uchun pul tikkanini aytdi
Dastin Pore o'z g'alabasi uchun pul tikkanini tan oldi.
Engil vaznda amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore (29-7, reytingda 2-o'rin) o'z jangi uchun pul tikkanini tan oldi.
"Ha, men o'zimga tikkanman. Maqtanadigan hech narsa yo'q, atigi 200 baks tikkanman. Bunaqa narsalarni o'zingiz yaxshi bilasiz. Buni muammo deb o'ylamayman. O'zingizga qarshi pul tikganingizdagina muammo paydo bo'lishi mumkin. O'shanda bizda haqiqatan ham muammo bo'ladi", - dedi Pore.
Dastin Pore so'nggi jangini 2022 yil 12 noyabr kuni Nyu-York (AQSH)da tashkil etilgan UFC 281 musobaqasi doirasida hamyurti Maykl CHendler (23-7, reytingda 5-o'rin)ga qarshi o'tkazib, uchinchi raundda muddatidan avval g'olib bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar