02 avg 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Pore Xabib va Getjidan uchralgan mag'lubiyatni taqqosladi
Amerikalik jangchi Dastin Pore UFC 291 turnirida hamyurti Jastin Getji bilan jangda uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Xabib va Getjidan mag'lub bo'lganimmi? Xabib mendan yaxshiroq edi va men ham shanba kungi holatimdan yaxshiroq edim. SHu sabab Getjidan uchralgan mag'lubiyatni hazm qilish qiyinroq. Men to'qqiz haftani mashg'ulot lagerida o'tkazdim, 11 hafta parhez qildim, ko'p narsani qurbon qildim va bor diqqatimni jamladim. Haqiqatan ham o'zimni har qachongidan ham yaxshiroq his qildim", - dedi Pore.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar