30 jan 08:04
Yangiliklar
Portugaliya Gran-prisini kuchli uchlikda yakunladik + Jadval
Uch kun davomida sayyoramizning 5 qitasi 81 davlatidan jami 544 (317 erkak, 227 ayol) nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib bordi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Hamyurtlarimizdan Muhriddin Tilovov (-66 kg) va Obidxon Nomonov (-73 kg) o'z vazn toifalarida Portugaliya Gran-prisi oltin medali hamda 700 reyting ochkosini qo'lga kiritishdi. Bu esa yakunda O'zbekiston terma jamoasiga 81 davlat orasida kuchli uchlikdan joy olish imkonini berdi.
Janubiy Koreya 4 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Mezbonlar 2 ta oltin, 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o'rinni band etishdi. Qozog'iston va Yaponiya terma jamoalari kuchli beshlikka yakun yasab berishdi.
Fikrlar