31 jan 07:24
Yangiliklar
Dzyudo
Portugaliya Gran-prisining so'nggi kunidagi natijamiz qanday bo'ldi?
Almada shahrida uch kun davom etgan Portugaliya Gran-prisi yakuniga etdi.
Musobaqada ishtirok etgan so'nggi vakilimiz Irisxon Qurbonboeva bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida britaniyalik Emma Reydga ippon bahosi bilan yutqazib qo'ydi va Portugaliya Gran-prisini 7-o'rinda yakunladi.
-90 kg vaznda kurashgan Doston Meyliev ikkinchi davrada tojikistonlik tajribali Kamronshoh Ustopiriyonga, -100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Aqlmurodbek Xudoyberdiev esa birinchi bosqichdayoq franciyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Portugaliya Gran-prisidagi ishtirokini 1 ta oltin medal bilan yakunlaydigan bo'ldi. Jamoamizga yagona medalni -74 kg vazndagi dzyudochimiz Murodjon Yo'ldoshev ikkinchi kungi bahslarda taqdim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar