29 mar 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin Fyuri - Joshua jangida kim ustun ekanligi haqida gapirdi
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua va WBC chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi jang haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Fyuri va Joshua o'rtasidagi jang kim g'alaba qozonishi nomalum. Bilasizmi, bu umuman oldindan taxmin qilib bo'lmaydigan narsa. Ikkala sportchi ham kuchli va o'ziga xos bokschilar. Joshuaning texnikasi kuchliroq va atletik qomatga ega. Fyuri esa g'ayritabiiy va o'z uslubiga ega bokschi", - dedi Aleksandr Povetkin.
Eslatib o'tamiz, Povetkin 27 mart kuni o'tkazilgan jangda Dillian Uaytga nokaut evaziga mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar