16 sen 18:27
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/134622_220.jpg)
Povetkin revansh haqida qanday fikrda?
Superog'ir vazn toifasida WBCning vaqtinchalik chempioni Aleksandr Povetkin Dillian Uaytga qarshi revansh haqida fikrlarini bildirdi.
"Men dam oldim, oilam bilan vaqtimni o'tkazdim. Endi jang sanasi malum bo'ldi va yana mashg'ulot lageriga yo'l olaman, huddi birinchi marta bo'lganidek tayyorlanishni boshlayman.
Dillian Uayt yaxshi, kuchli bokschi, men buni birinchi jangdan keyinoq aytganman. 21 noyabr kuni jang qilishga tayyor bo'laman. Ishonchim komil, biz yana chiroyli boks ko'rsata olamiz", - dedi Povetkin.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar