19 apr 09:55
Yangiliklar
Poytaxtimiz ikki yirik musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rmoqda
Ular velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati va badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi. Ertaga badiiy gimnastika bellashuvlariga start beriladi. Veloshosse bo'yicha bahslar esa 23 aprelda boshlanadi. Ikkala turnirda ham 20 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etadi.
Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari har ikki musobaqaga olib borilayotgan tayyogarliklar yuzasidan federaciya bazasiga tashrif buyurib, jarayon bilan yaqindan tanishdi.
Badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi Tokio Olimpiadasiga licenzion ochkolar taqdim etadi. Veloshosse doirasidagi Women Elite va Men Elite yo'nalishlarida g'alaba qozonganlar Tokio Olimpiadasiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma qo'lga kiritishadi. SHu bois ham unda qitamizning barcha eng kuchli velosportchilari ishtirok etishadi.
Fikrlar